Agent Barboza: "Portugaliyada jamoatchilik Krishtianuni emas, Jezushni qo'llab-quvvatlamoqda"

3 okt 2026, 14:01
Agent Paulu Barboza Portugaliyada jamoatchilik fikri Krishtianu Ronaldu tomonda emas, Jorje Jezush tomonida ekanini ma'lum qildi.

Avvalroq "Al Nassr"ning 41 yoshli hujumchisi bosh murabbiy bilan nizo sababli mamlakat terma jamoasi ixtiyorini tark etgan edi.

- Krishtianu terma jamoadagi faoliyatini yakunladimi? Yoki u hali oxirgi so'zini aytmadimi?

- U qilgan ishdan so'ng, o'ylashimcha, barcha ko'priklar yonib bo'ldi. U uchun ortga yo'l yo'q. Loaqal - ushbu bosh murabbiy davrida.

- Rostdanmi?

- Ronaldu yana o'zini hammadan ustun qo'ydi. Arazladi. Terma jamoadan kyetib qoldi. Hech kim bilan xayrlashmadi, hech kimga hech narsa demadi. Bu normal holatmi? Hozir Portugaliyada futbol jamoatchiligi Krishtianuni emas, Jezushni qo'llab-quvvatlamoqda. Ronaldu allaqachon hammaning jon-jonidan o'tib ketdi, shu jumladan terma jamoadagi sheriklarining ham. Medaga tegdi... Ular nima uchun bir yulduzga, uning rekordlari uchun o'ynashlari kerakligini tushunishmasdi! Uni kaprizlari qanchagacha davom etishi mumkin?

- Sizningcha, aynan Ronaldu ushbu vaziyatda halokatli xatoga yo'l qo'ydimi?

- Mening nazarimda, ha. Odam o'z shaxsiy samolyotiga o'tirdi va uchib ketdi... Nima xohlasa, shuni qiladi! Terma jamoa sardori, uning yetakchisi o'zini bunday tuta olmaydi. Har doim o'z bilganicha yashaydi. Terma jamoasiz. Ronaldu doimo o'z shartlarini o'tkazib keldi, terma jamoaga o'z fizioterapevtlarini, massajchilarini, yana kimdirlarini olib keldi... Nahotki bu normal holat bo'lsa? Hozir esa Krishtianu milliy jamoadagi sheriklari uni qo'llab-quvvatlashiga umid qilgan edi. Lekin biz buni ko'rmayapmiz-ku. Terma jamoa usiz ham bemalol o'ynay olishini ko'rsatdi.

- Endi ushbu jamoaning bosh yulduzi kim?

- Gap shundaki, hech kim ko'rpani o'ziga tortmayapti. Vaholanki, bizda jahon miqyosidagi yulduzlar etarlicha. Brunu Fernandesh, Vitinya, Nevesh, Netu, Ramush... Lekin ularning bari bosh murabbiyning g'oyalarini qabul qilishdi, bir o'yinchiga o'z rekordlarini yangilashga yordam beradigan futbolchilar guruhi emas, yagona jamoadek ko'rinishmoqda, - dedi Barboza.

O'xshash yangiliklar


Manba: Спорт-Экспресс