Ronaldu Felipe Melo Portugaliya o'yinchilarini tanqid qilgan videoga layk bosdi

3 okt 2026, 13:35
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi sheriklari tanqid qilingan videoga layk bosdi.

"Sportv" efirida Braziliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Felipe Melo portugaliyalik futbolchilarning Ronalduga bo'lgan munosabati argentinaliklarning Lionel Messiga bo'lgan munosabatidan keskin farq qilishini ma'lum qildi.

- Portugaliyalik sheriklarning Ronalduga bo'lgan munosabati va argentinalik o'yinchilarning Lionel Messiga bo'lgan munosabati o'rtasida juda katta farq bor.

Krishtianuga qarshi o'ynashganda raqiblar tomonidan ancha ko'proq hurmatni ko'raman. Hatto Xyoylunn ham Jorje Jezushdan juda jahli chiqdi, chunki Ronaldu - uning kumiri. [Raqiblar tomonidan hurmat] Portugaliya terma jamoasining o'zidan ko'ra ko'proq.

Bu noto'g'ri, chunki u yerda hech kim Ronalduning darajasiga yetmaydi. Uning hech narsa bo'lmagandek bunday ketishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi, - dedi Melo.

Meloning ushbu bayonoti aks etgan videoni "Sportv" instagramda e'lon qildi. Ronaldu postga layk bosdi.

image_2026-10-03_13-35-22.png

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportv