Morgan: "Jezush - Portugaliyaning eng ulug' futbolchisini kamsitishdan rohatlanadigan kibrli ahmoq"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2026, 17:40
Jurnalist Pirs Morgan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda bosh murabbiy Jorje Jezush o'rtasidagi mojaroga munosabat bildirdi.

Avvalroq Jezush Millatlar Ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi bahsda (2:1) Ronalduni zaxiradan maydonga tushirishni vada qilgani, biroq yakunda rejalari o'zgarib qolganini aytgandi. Daniya bilan kechgan navbatdagi o'yindan (4:2) oldin esa Ronaldu tarkibga kiritilmasligini bilib, milliy jamoa ixtiyorini tark etgan.

3.jpg

"Qanday kibrli ahmoq-a. Jezush Portugaliya termasida o'ynash uchun hech qachon etarlicha yaxshi bo'lmagan, endi esa mamlakatning eng ulug' futbolchisi - Krishtianu Ronalduni kamsitishdan huzurlanmoqda", – deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq OAVda ushbu mojaro ortidan 41 yoshli Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/piersmorgan