"Aral" - "TerDU" uchrashuvi bo'lib o'tmaydi

Aslanov Jasurbek
7 okt 2026, 12:44
8 oktyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan "Aral" hamda "TerDU" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tmaydi.

Bu haqda “Aral” matbuot xizmati e'lon qildi.

“TerDU” klubi moliyaviy qiyinchiliklar sababli Nukus shahriga tashrif buyura olmasligini ma'lum qilgan. Shu munosabat bilan, “Aral” jamoasiga texnik g'alaba yoziladi.

Eslatib o'tamiz, “TerDU” yana ikkita bahsda ishtirok eta olmasa jamoa Proligadan chetlatiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Арал" матбуот хизмати