

Bu haqda "CNN Portugal" muxbiri Rui Santush xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 41 yoshli forvard Millatlar Ligasi 4-turi doirasida Norvegiyaga qarshi kechgan bahsdan (2:1) so'ng Jezush aytgan so'zlardan norozi bo'lgan. Murabbiy Ronaldu bilan bog'liq vaziyatda uzr so'raydigan hech narsasi yo'qligini hamda futbolchi istasa, terma jamoaga qaytishi mumkinligini takidlagandi.
Avvalroq Ronaldu Millatlar Ligasi 3-turi doirasidagi Daniyaga qarshi o'yin (4:2) oldidan tarkibga kiritilmasligini bilgach, milliy jamoa lagerini tark etgandi. Bungacha esa u 2-turda Norvegiya bilan bo'lgan to'qnashuvda (2:1) to'liq zaxirada qolgan.
Shuningdek, OAVda Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
72 yoshli Jezush milliy terma jamoani 2026 yilning iyul oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida Portugaliya Millatlar Ligasidagi barcha 4 ta bahsda g'alaba qozondi.



