"Lugano" bosh murabbiyi Behruz Karimovning holatiga to'xtalib o'tdi

Aslanov Jasurbek
7 okt 2026, 13:09
Shveytsariyaning "Lugano" klubi FIFA kunlari doirasidagi tanaffus vaqtida Italiyaning "Ellas Verona" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"AIL Arena"da o'tgan mazkur bahs natijasi jamoa bosh murabbiyi Mattia Krochi-Torti uchun ikkinchi darajali bo'ldi. Uning takidlashicha, asosiy maqsad – kam o'ynayotgan va jarohatdan qaytgan futbolchilarga o'yin amaliyoti taqdim etish hamda jamoani yuqori jismoniy bosimga, evrokuboklardagi yakkama-yakka kurashlarga tayyorlashdir.

Murabbiy o'z intervyusida ayni paytda milliy terma jamoalar ixtiyorida bo'lib turgan legionerlar, xususan, O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Lugano" himoyachisi Behruz Karimov haqida fikr bildirdi.

"Monkada, Karimov va Delkrua terma jamoalari safida allaqachon uchtadan o'yinda maydonga tushib ulgurdi. Ular klubga qaytganidan so'ng qanday jismoniy holatda ekanini baholaymiz va shunga asoslanib, shanba kungi bahs uchun eng to'g'ri qarorni qabul qilamiz", – dedi Krochi-Torti.

"Lugano"ni oldinda o'ta tig'iz taqvim kutmoqda. Jamoa qisqa muddatli dam olishdan so'ng ichki chempionat doirasida "Lyucern"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlikni boshlaydi. Murabbiyning qayd etishicha, keyingi 30 kun ichida jamoa uchta turli frontda har uch kunda maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fclugano.com