Slaven Bilich Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Birinchi bo'limda deyarli mukammal harakat qildik"

Iskandarov Abdulaziz
7 okt 2026, 10:33
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slaven Bilich UEFA Millatlar ligasi (A ligasi) 2026/2027 yilgi mavsum guruh bosqichi 4-turi doirasida Ispaniyaga qarshi kechgan o'yindagi (1:2) mag'lubiyatga izoh berdi.

“Mag'lubiyatni nishonlashni yoqtirmayman, ammo so'nggi kunlarda sodir bo'lgan voqealarni hisobga olsak, juda yaxshi o'yin o'tkazdik. Jahon chempionlariga qarshi bahsda chidashga to'g'ri keladi. Birinchi bo'limda deyarli mukammal harakat qildik va tanaffusga ikki to'p farqidagi ustunlik bilan chiqib ketishimiz kerak edi, ammo ularning darvozaboni o'z jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi”, - dedi Bilich UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

To'rtta turdan keyin Ispaniya terma jamoasi 12 ochko to'plagan holda 3-guruh turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Angliya hisobida 9 ochko mavjud bo'lib, ular ikkinchi o'rinda bormoqda. Xorvatlar 3 ochko bilan uchinchi pog'onani egallab turgan bo'lsa, hali ochko olmagan Chexiya kvartetni yakunlab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia