Ronaldinyo terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Messiga murojaat qildi: "Sening tarixinning bir qismi bo'lish qanday baxt!"

Iskandarov Abdulaziz
7 okt 2026, 10:15
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Ronaldinyo Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Lionel Messiga murojaat yo'lladi.

Beninga qarshi o'rtoqlik o'yini (3:0) Messi uchun milliy jamoa safidagi so'nggi uchrashuvga aylangan edi.

“Sening tarixinning ilk kunidan boshlab bir qismi bo'lish qanday zavq, qanday baxt, birodar! Sen bizni kuldirding va futboldan zavqlanishga undading! Sening isming yurting va butun dunyo tarixiga muhrlangan...

O'z mamlakati sharafini himoya qilish va jahon chempioni bo'lishdek bolalik orzusini amalga oshirib, qanday baxt his qilishimizni faqat o'zimiz bilamiz! Sen o'z terma jamoang va yurting uchun hamma narsani berding...

Men seni juda yaxshi tushunaman va oila bilan bog'liq har qanday narsa ko'p narsani qayta o'ylab ko'rishga majbur qilishini bilaman... Hayotdan zavq ol, birodar. Seni eng yaxshi tilaklar tark etmasin - bugun va doimo”, – deb yozdi Ronaldinyo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia