Portugaliya terma jamoasi Ronaldu ketganidan so'ng salkam 2,5 million obunachisini yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2026, 17:05
Hujumchi Krishtianu Ronaldu milliy jamoa lagerini tark etishga qaror qilgani ortidan Portugaliya terma jamoasining Instagram'dagi rasmiy akkaunti qariyb 2,5 million obunachidan mahrum bo'ldi.

30 sentyabr kuni Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezushning matbuot anjumanidan so'ng terma jamoadan ketganini e'lon qilgandi. Murabbiy Millatlar Ligasining 2-turi doirasidagi Norvegiyaga qarshi bahsda (2:1) 41 yoshli hujumchini maydonga tushirmagan.

"Record" nashrining xabar berishicha, Jezushning matbuot anjumanidan oldin milliy jamoa akkauntiga 25 milliondan ortiq foydalanuvchi obuna bo'lgan edi. Bir sutka ichida ularning qariyb 2 millioni obunani bekor qildi, ayni damda esa sahifani 22,7 million kishi kuzatib bormoqda.

Dushanba kuni Jezush "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi jamoaga qachon xohlasa, qaytishi mumkinligini ma'lum qildi.

Ronaldu - Yevropa chempioni, Millatlar Ligasining 2 karra g'olibi hamda milliy terma jamoalar safida gol urish bo'yicha mutlaq rekordchi (146 ta gol) hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Record