JCH-2026 ning dastlabki o'yiniga 80 ming tomoshabin tashrif buyurdi - bu tarixdagi nechanchi natija?

12 iyun 2026, 08:20
Meksika terma jamoasi JCH-2026 ning ochilish o'yinida Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) ustidan g'alaba qozondi.

Mexikodagi "Acteka" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.

O'yinni 80 824 tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib bordi - bu arenaning maksimal sig'imidir.

"Pitch Wire" nashrining xabar berishicha, bu jahon chempionatlari tarixidagi ochilish o'yinlari uchun to'rtinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Turnirning ilk o'yinlarida bundan ko'p tomoshabin faqat Braziliya - Meksika (1950 yil, 81 ming), Angliya - Urugvay (1966 yil, 87 ming) va Meksika - SSSR (1970 yil, 107 ming) uchrashuvlarida qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Pitch Wire