

"Arsenal" va Emirates hamkorligi 2006 yilda boshlangan edi. BAA aviakompaniyasi "kanonirlar"ning titul homiysiga aylandi, shuningdek, ochilgan vaqtidan beri "Emireyts" nomi bilan mashhur bo'lgan stadion nomini o'zgartirish huquqini sotib oldi.
Avvalgi homiylik shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan edi, biroq tomonlar o'z hamkorliklaridan mamnun va 2033 yilgacha bo'lgan yangi kelishuvni oldindan kelishib olishdi.
Shu tariqa, Emirates emblemasi "Arsenal" o'yin liboslarining oldida qoladi, "Emireyts" esa kamida yana etti yil davomida o'z amaldagi nomini saqlab qoladi.
Kelishuvning moliyaviy shartlari oshkor qilinmayapti, ammo insayderlarning takidlashicha, Emirates yaqin ikki mavsumda "Arsenal"ga yiliga 65 million funt to'laydi, shundan so'ng bu summa bonuslardan tashqari 75 mln. funtgacha ko'tariladi.



