

Britaniyaning “The Sun” nashri ma'lumotlariga ko'ra, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” skautlari 20 yoshli braziliyalik hujumchining o'yinini shaxsan kuzatish uchun “Shaxtyor” ishtirokidagi uchrashuvga tashrif buyurishgan. Angliya grandlari vakillari ko'rganlaridan juda hayratda qolishgan va o'z klublari rahbariyatiga faqat ijobiy hisobotlar yuborishgan.
Ma'lum qilinishicha, Doneck klubi o'z yulduzini arzonga qo'yib yubormoqchi emas va uning transferini taxminan 30 million funtga baholamoqda. Shu bilan birga, Italiyaning “Milan” va Portugaliyaning “Portu” klublari ham bu hujumchi uchun kurashga qo'shilgan.
Takidlash joizki, 20 yoshli Kaua Elias “Shaxtyor” safida yangi mavsum boshidayoq ajoyib mahsuldorlik ko'rsatib, Ukraina Premer-ligasining 1-turidayoq xet-trik qayd etdi.



