Vozinya “Kolo-Kolo”da taxallusi ostida o'ynashga ruxsat oldi

Sherzod Nurmatov
6 avg 2026, 17:05
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni, 2026 yilgi Jahon chempionati qahramoni Vozinya Chilining “Kolo-Kolo” klubida taxallus ostida o'ynashi uchun istisno qilindi.

Oldinroq OAVda Chili chempionati qoidalarida libosga haqiqiy bo'lmagan ismni yozish taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Vozinya - bu laqab bo'lib, darvozabonning pasportdagi asli ism-sharifi Jozimar Joze Evora Diash.

2.jpg

Biroq “Kolo-Kolo” futbolchisi sifatidagi taqdimot marosimida 40 yoshli posbonga orqasiga “Vozinya” ismi va 29-raqam yozilgan o'yin libosi topshirildi. Ko'rinishidan, darvozabon liga tomonidan maxsus ruxsatnomaga ega bo'lgan, bu haqda ilgari ham mediada aytib o'tilgan edi.

JCH-2026 davomida Vozinyaning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari soni 50 mingdan 29,5 million kishigacha ko'paydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ge Globo