Rodrining transferi "Barselona"ga taxminan qanchaga tushishi ma'lum

7 avg 2026, 08:55
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrining o'tishi "Barselona"ga taxminan 60 mln evroga tushadi.

Bu haqda "AS" nashri xabar beradi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli futbolchi soliqlar ushlangunga qadar mavsumga taxminan 30 mln evro maosh olish sharti bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi. Avvalroq futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnomaning moliyaviy shartlarini kelishib olgani xabar qilingan edi.

Rodri 2019 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Angliya jamoasiga Madridning "Atletiko" klubidan 70 mln evro evaziga o'tgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi. Yarim himoyachi 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi o'yinchisi deb tan olingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS