"Barselona" "Tottenxem" himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
22 may 2026, 17:30
"Barselona" himoyachi Kristian Romeroning transferi bo'yicha "Tottenxem" bilan muzokaralarni boshlash niyatida.

Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaning xabar berishicha, La Liga chempioni 28 yoshli argentinalik futbolchi bilan bog'liq vaziyatni kuzatib bormoqda, chunki "shporlar" 2025/26 yilgi mavsum APLda omon qolish uchun kurashmoqda, ammo ingliz klubi so'ragan 60 million evroni to'lashga tayyor emas.

Romero "Tottenxem"da 2022 yilning avgustidan beri o'ynab kelmoqda va uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. U bilan bitim 2025 yilning avgustida uzaytirilgandi.

Himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 32 o'yinda 6 ta to'p kiritdi va 3 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es