

"Men har qachongidan ham ruhlanganman va ruhim baland. O'z maydonimizdagi stadionimizda va ishqibozlarimiz ko'z oldida Premer-liganing boshlanishini intiqlik bilan kutyapman. Ajoyib o'yin o'tkazib, g'alaba qozonishni istayman.
Bizni haqiqatan ham murakkab raqib kutib turibdi. Ularning klub sifatida erishgan yutuqlari tahsinga loyiq, Frenkning amalga oshirgan ishi esa katta hurmatga sazovor. Shuncha yil Premer-ligasiz o'tgandan so'ng, ular bu yerda o'ynash huquqini qo'lga kiritishdi va buni alohida tarzda uddalashdi. Qolaversa, ular shunchaki hozirgi turgan joylariga kelib qolishgani yo'q - ular bunga to'liq loyiqdirlar. Menga ularning qanday o'ynashi va har bir o'yinda qanchalik jasorat bilan harakat qilishi yoqadi", - deydi Artetaning so'zlarini "Arsenal" london klubining rasmiy sayti.
APL 1-turidan o'rin olgan "Arsenal" va "Koventri" o'rtasidagi uchrashuv 21 avgust kuni Londonda bo'lib o'tadi. Uchrashuv boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 ga belgilangan.



