"Barselona" 70 million evrolik uchinchi taklifdan so'ng Rodrining transferiga ishonmoqda

15 avg 2026, 20:44
"Barselona" "Manchester Siti"ga yarim himoyachi Rodrining transferi bo'yicha uchinchi taklifni yubordi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabricio Romano.

Bitimning umumiy summasi bonuslarni hisobga olgan holda 70 million evroga yaqinlashmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichga kirdi, Kataloniya klubi ularning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonadi.

Avvalroq "Manchester Siti" "Barselona"ning ikkita taklifini rad etgandi.

Shu bilan birga, "Siti" "Lill"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Ayyub Buaddini sotib olishga yaqinlashdi. Uni o'tkazish bo'yicha muzokaralar ham yakuniy bosqichda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano