Rasman: Kristian Romero La Liga klubiga o'tdi

15 avg 2026, 12:30
Madridning "Atletiko" klubi rasmiy sayti markaziy himoyachi Kristian Romeroning "Tottenxem"dan transferini e'lon qildi.

28 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Romero 2022 yilning yozidan beri "Tottenxem" safida o'ynayotgandi. Ushbu davrda himoyachi barcha musobaqalarda 156 ta o'yinda qatnashib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Romero "Atletiko"ga o'tishga vada bergan. "Barselona" himoyachi transferi bo'yicha kelishuvga erishishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi

O'xshash yangiliklar


Manba: atleticodemadrid.com