Spalletti: "Yuventus" imkoniyatlaridan pastroq darajada o'ynadi"

Sherzod Nurmatov
16 okt 2026, 15:14
"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasidagi "Selta"ga (2:1) qarshi bahsdagi g'alabaga izoh berdi.

"Umuman olganda, "Yuventus" imkoniyatlaridan pastroq darajada o'ynadi. Bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak edi. O'yinlar natijasi har doim ham maydondagi vaziyatni to'liq aks ettiravermaydi. Biz "Kalyari"ga qarshi yaxshi o'ynagandik, ammo bugun odatdagi darajamizdan past bo'ldik.

Ikkinchi bo'limda ancha kuch qo'shdik, biroq hamon juda ko'p texnik xatolarga yo'l qo'ydik, u yoki bu vaziyatdan maksimal darajada foydalanish o'rniga ko'pincha noto'g'ri qarorlar qabul qildik. Shunga qaramay, gol urib, raqibni ancha ertaroq “uxlatib qo'yish” uchun etarlicha vaziyatlar yuzaga keldi”, – dedi Spalletti.

"Yuventus" 6 ochko jamg'arib, Yevropa Ligasi umumiy bosqich turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Selta" esa 0 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com