"Barselona" 30 mln evroga "Yuventus" himoyachisini sotib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 16:52
"Barselona" Aleks Balde jamoani tark etgan taqdirda, Italiya terma jamoasi va "Yuventus"ning chap qanot himoyachisi Andrea Kambyazoni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Turin klubi 26 yoshli futbolchini 30 mln evroga baholamoqda. Shu bilan birga, "Yuventus" Baldega qiziqish bildirmoqda, o'z navbatida "ko'k-anorranglilar" uni 40-50 mln evro atrofida baholamoqda. Takidlanishicha, ispaniyalik futbolchi qishda sotib olish huquqi bilan ijara asosida "Roma"ga o'tishi mumkin.

Joriy mavsumda Kambyazo barcha turnirlarda oltita o'yinda ishtirok etib, bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato