Ispaniyada irqchilikdan eng ko'p aziyat chekayotgan futbolchi nomi ma'lum. U Vinisius emas

Khoja
10 noya 2025
Ispaniyada irqchilik haqoratlarining aksariyati Lamin Yamalga qaratilgan.

Ispaniya irqchilik va millatlararo nafratni kuzatuv markazi (OBERAXE) hisobotiga ko'ra, ispan ijtimoiy tarmoqlarida aniqlangan irqchilikka oid haqoratlarning 60 foizi “Barselona” hujumchisi Lamin Yamalga nisbatan ishlatilgan. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.

Unga ko'ra, Yamal Ispaniyada irqchilikka eng ko'p uchrayotgan futbolchi sifatida qayd etilmoqda. Uning nomiga yozilgan haqoratlar “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniornikidan qariyb ikki baravar ko'p.

Ijtimoiy tarmoqlardagi bunday hujumlar Parijda o'tgan “Oltin to'p” marosimidan so'ng yanada kuchaygan. O'sha paytda ayrim foydalanuvchilar futbolchini “noqonuniy muhojir” deb haqorat qilgan.


KhojaMuallif
Manba: El Pais