Jiddiy jarohat olgan Kanada termasi futbolchisi uchun JCH tugadi

20 iyun 2026, 00:57
Kanada terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Kone Qatarga qarshi bahsda (6:0) olgan oyoq sinishi jarohatidan keyin muvaffaqiyatli operaciya qilindi.

24 yoshli futbolchi uchrashuvning 51-daqiqasida Qatar yarim himoyachisi Assim Madibo bilan to'qnashuvdan keyin og'ir jarohat olgan. Kone maydonni zambilda tark etgan va shifoxonaga olib ketilgan. Unga o'sha paytda kislorod balloni ham berilgan edi.

Avvalroq "Sassuolo" futbolchisi 4–5 oy maydondan chetda qolishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kanada futbol assotsiatsiyasi ushbu holat haqida quyidagilarni ma'lum qildi:

"Kecha kechqurun Ismael Kone oyoq sinishi bo'yicha muvaffaqiyatli operaciyani boshdan kechirdi. Futbolchi Jahon chempionatining qolgan qismida ishtirok eta olmaydi".

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic