Maksim Shackixga BAA oliy ligasi klubi qiziqib qoldi

19 iyun 2026, 22:06
Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullaev o'z telegram sahifasida ma'lum qildi.

Qirg'izistonda yangi tashkil etilgan klubni (“Aziya Talas”) qabul qilib olgan Shackix bu jamoa bilan 11 ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya qayd etib, chempionat peshqadamiga aylantirdi. 

Nomi sir tutilayotgan BAA klubi o'z vaqtida ikki bor O'zbekiston chempioni bo'lgan murabbiy bilan Jahon chempionatidan so'ng shartnoma tuzmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia