Yamal navbatdagi sovrinini qo'lga kiritdi. U ushbu sovringa ega chiqqan ilk ispaniyalik futbolchi bo'ldi

6 iyun 2026, 09:40
Lamin Yamal La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritgan ilk ispaniyalik o'yinchiga aylandi.

18 yoshli vinger 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra ushbu sovrin bilan taqdirlandi. U o'tgan mavsumda 16 ta gol urdi hamda 11 ta golli uzatmani amalga oshirib, chempionatning eng yaxshi assistentiga aylandi.

La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash 2009 yildan boshlangan. Shu vaqtgacha argentinalik Lionel Messi to'qqiz bor, fransiyalik Karim Benzema ikki bor, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu, fransiyalik Antuan Grizmann, germaniyalik Mark-Andre ter Stegen, angliyalik Jud Bellingem, braziliyalik Rafinya Dias va sloveniyalik Yan Oblak bir martadan ushbu nominaciyada g'olib chiqishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: en.wikipedia.org