Los-Anjelesda Meksika – Janubiy Koreya o'yini ommaviy tomoshasi vaqtida otishma sodir bo'ldi

20 iyun 2026, 01:28
JCH-2026 hunarlari davom etadi.

Los-Anjeles policiyasi JCH–2026 doirasidagi Meksika va Janubiy Koreya o'yinini tomosha qilish jarayonida sodir bo'lgan otishmadan so'ng 19 yoshli gumonlanuvchini qo'lga oldi. Hodisa oqibatida 50 yoshli erkak bir nechta o'q egan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Policiya departamenti vakili "Daily Mail" nashriga ma'lum qilishicha, voqea Los-Anjelesning Koreya kvartalida sodir bo'lgan. Hozircha gumonlanuvchi va jabrlanuvchining shaxsi rasman oshkor qilinmagan. Jabrlanuvchining ahvoli haqida ham ma'lumot berilmagan.

"LA Times" tomonidan e'lon qilingan videoda Seul xalqaro bog'i yaqinida yerda yotgan yarador insonni ko'rish mumkin. Aynan shu yerda muxlislar Meksika va Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yinni (1:0) jamoaviy tarzda tomosha qilish uchun yig'ilishgan edi. Nashr ma'lumotiga ko'ra, uch marta o'q uzilgan.

Cellfmade taxallusi bilan tanilgan strimer ham voqea joyidan olingan deb taxmin qilinayotgan videoni e'lon qildi. U boshqa bir strimer - StomperIRL'ni otishmani sodir etgan shaxs sifatida tilga olgan.

Cellfmade videosida otishmaning o'zi ko'rinmaydi, ammo o'q ovozlari eshitiladi. Keyin kontent yaratuvchi voqea joyidan skutyerda uzoqlashib ketadi. Videoda u gumonlanuvchini uning internet taxallusi orqali tanib olganini ham aytadi.

"Daily Mail" ma'lum qilishicha, mazkur shaxslarning haqiqiy ism-shariflari hozircha jamoatchilikka ma'lum qilinmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail