

Voqea JCH-2026 doirasida Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan (2:0) keyin taxminan soat 04:00 da Espluges-de-Lobregat shahrida sodir bo'ldi.
La Vanguardia xabariga ko'ra, futbolchi tomonidan yollangan qo'riqchilardan biri kuzatuv kameralari yordamida uy devoriga chiqib olgan ikki kishini payqab qolgan. Ularning ikkalasi ham niqobda bo'lgan, biri qora, ikkinchisi esa kulrang kiyimda bo'lgan.
Jinoyatchilar payqab qolinganini anglagach, tezda tushib, voqea joyini tark etishgan. Xususiy qo'riqchilik xizmati voqea haqida policiyaga xabar bergan va policiya tergov ishlarini boshlagan.
Takidlanishicha, bugun ertalab o'sha elita turar-joy majmuasida yana ikkita o'g'irlik sodir bo'lgan. Hozircha ular o'sha jinoyatchilar tomonidan qilingani noma'lum.



