Tuxel Messiga qarshi o'yin haqida: "Angliya chorasini topadi"

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2026, 12:15
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026 yarim finali doirasida Argentinaga qarshi bugungi o'yin arafasida raqib hujumchisi Lionel Messini qanday zararsizlantirish haqida fikr bildirdi.

"Biz uni doimo va 100 foiz to'xtata olmasligimizni juda yaxshi tushunamiz. U Xolandga qaraganda tamomila boshqacha o'yinchi, lekin biz [Norvegiya bilan] o'zimizcha juda yaxshi o'ynadik – Erlingga qarshi o'ynash kerak bo'lganidek, shuning uchun biz chorasini topamiz.

Menimcha, bu jamoamning unga qarshi o'ynashi birinchi marta. Uning har safar shunchalik turli xil yo'llar bilan chiqib ketishi shunchaki aqlbovar qilmas. U bo'sh zonalarni topadi, u vaziyatlarni topadi va menimcha, asosiysi – butun jamoa uning g'oyalarini bo'lishadi. Ular uni qo'llab-quvvatlash va yordam berish g'oyasi bilan birlashgan va ular Messi o'yinga qo'shilib, uning borishini o'zgartiradigan daqiqalarga tayyor turishadi. Albatta, biz bunga tayyorgarlik ko'ramiz.

Bunga tayyorgarlik ko'rish, recept topish va unga qattiq diqqatni qaratish mumkinmi? Yo'q, lekin biz jasur bo'lishimiz kerak, u bilan jasur bo'lishimiz kerak, uni qo'llab-quvvatlashdan mahrum qilishimiz va u to'p bilan bo'lganda barcha harakatlarini kuzatib borishimiz kerak", – dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph