Fransiya terma jamoasidan hech kim 5 balldan yuqori baho olmadi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2026, 14:52
Mbappe JCHdagi Ispaniyaga qarshi o'yin uchun L’Equipe nashridan 10 balldan 3 ball oldi.

Fransiyaning L’Equipe gazetasi jahon chempionati doirasida Ispaniyaga qarshi o'tkazilgan o'yin uchun Fransiya terma jamoasining boshlang'ich tarkibidagi birorta futbolchiga 10 balldan 5 balldan yuqori baho qo'ymadi.

Dide Desham shogirdlari turnir yarim finalida ispaniyaliklarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Fransiya terma jamoasi futbolchilarining baholari quyidagicha:

Mayk Menyan – 4, Jyul Kunde – 5, Dayo Upamekano – 5, Vilyam Saliba – baholanmadi, Lyuka Din – 2, Orelen Tchuameni – 3, Adrien Rabo – 5, Usman Dembele – 2, Maykl Olise – 2, Bredli Barkolya – 4, Kilian Mbappe – 3.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe