

"Himoya va darvozabon yomon o'ynamoqda deyishgandi, ammo o'ylaymanki, biz ko'plab tanqidchilarning og'zini yumdik. Biz bor-yo'g'i bir marta gol o'tkazib yubordik – va biz finaldamiz.
Biz ajoyib ish olib bormoqdamiz va bu butun jamoaning mehnati: ham maydonga tushayotganlar, ham zaxirada o'tirganlar, chunki mashg'ulotlarda ular yuqori darajaga ega bo'lib, yakunda senga yaxshiroq bo'lishingga yordam berishadi.
Men ancha xotirjamman. Ichimda juda baxtiyorman. Bugun oilam va jamoa bilan kiyinish xonasida hech qachon bo'lmaganidek bayram qildik. Endi bizni juda o'ziga xos kunlar kutib turibdi – Nyu-Yorkka yo'l olamiz. Orzu hamon tirik va biz bu o'yinni intiqlik bilan kutmoqdamiz", – dedi Kubarsi.



