

Shu tariqa, ispaniyalik va "Barselona" vingeri Lamin Yamal "uchranglilar" va "Real" hujumchisi Kilian Mbappega qarshi klublar hamda milliy terma jamoalar darajasida o'tkazilgan 11 ta o'yindan 9 tasida zafar quchdi.
Ushbu o'yinlarda ispaniyalik futbolchi 9 ta samarali harakatni (6 ta gol, 3 ta assist) amalga oshirgan bo'lsa, fransiyalik futbolchida bu ko'rsatkich 11 tani (9+2) tashkil etadi.



