"Fransiyada ikkita variant bor". Yamal JCH-2026ning bo'lajak yarim finali haqida gapirdi

11 iyul 2026, 07:33
Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal chorak finalda Belgiya ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng, musobaqaning 1/2 finalida Fransiya milliy jamoasiga qarshi bo'ladigan bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv 14 iyul kuni bo'lib o'tadi.

"Fransiya? Biz ulardan qo'rqmaymiz. Oxirgi ikki o'yinda ularni mag'lub etganmiz. Fransiyada ikkita variant bor: yoki ketma-ket uch marta jahon chempionati finaliga chiqish, yoki bizga ketma-ket uch marta mag'lub bo'lish", - deya Yamalning so'zlarini keltiradi jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'ida.

Fransiya oxirgi ikkita jahon chempionatida finalgacha yetib borgan, Ispaniya esa turnirning 1/2 finalida 2010 yildan beri ilk bor o'ynamoqda. Bundan avval Ispaniya UEFA Millatlar ligasi - 2025 yarim finalida (5:4) va Evro-2024ning 1/2 finalida (2:1) Fransiyani mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano