

Taymlar oralig'idagi tanaffusda Jastin Biber, Shakira, BTS, Madonna, Burna Boy, venesuelalik dirijyor Gustavo Dudamel va PS22 xori ishtirokida shou bo'lib o'tadi. Unda "Ulica Sezam" va "Mappetlar" personajlari ham ishtirok etadi.
Avvalroq FIFA taqdimot 11 daqiqa davom etishini ma'lum qilgan edi, biroq endi tanaffusning umumiy davomiyligini taxminan 20 daqiqagacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi The Athletic.
The Times nashrining yozishicha, JCH finalini jonli efirda ko'rsatadigan BBC va ITV telekompaniyalari tanaffus taxminan 30 daqiqa davom etishini kutishmoqda. Dastlab ular shouni tanaffus vaqtida namoyish etish tufayli birinchi taym voqealarini ananaviy tahlil qilishga ajratiladigan vaqtni qisqartirishga majbur bo'lishlaridan xavotirda edilar, ammo hozir ularga ham 11 daqiqalik taqdimotga, ham 15 daqiqalik tahlilga vaqt yetishiga ishonishmoqda.
JCH-2026 birinchi finalisti Ispaniya terma jamoasi bo'ldi. U Angliya – Argentina o'yini g'olibi bilan uchrashadi.



