Abbos Abdug'afforov - "Qizilqum" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2026, 12:02
"Qizilqum" tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Qirg'iziston chempionati vakili “Alay” jamoasida to'p tepib kelayotgan yosh yarim himoyachi Abbos Abdug'afforov endilikda “Qizilqum” sharafini himoya qiladi. Futbolchi bilan klub o'rtasida mavsum oxirigacha shartnoma imzolandi.

2004-yilda tug'ilgan yarim himoyachi Andijon futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Abbosbek jami 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir marotaba raqib darvozasini ishg'ol etgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати