De la Fuente: "Ushbu jahon chempionatida haqiqiy Lamin Yamalni hali ko'rganimiz yo'q"

13 iyul 2026, 08:25
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Fransiyaga qarshi bo'lajak yarim final uchrashuvi oldidan vinger Lamin Yamal turnirda hali o'zining haqiqiy o'yinini ko'rsatmaganini aytdi

Mutaxassis 19 yoshli futbolchi dunyo birinchiligida hali o'z izini qoldirishiga ishonch bildirdi. 1/2 final uchrashuvi 14 iyul kuni bo'lib o'tadi.

"Ushbu jahon chempionatida haqiqiy Lamin Yamalni hali ko'rganimiz yo'q. Men shunchaki buni aytib qo'ymoqchiman. Uning juda motivaciyaga to'la ekanligini bilaman. Ishonchim komilki, u ushbu turnirda o'z izini qoldiradi", - deya de la Fuentening so'zlarini X ijtimoiy tarmog'idagi The Touchline sahifasi keltiradi.

Lamin Yamal jahon chempionatida oltita o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Touchline