

- O'yin haqida fikringiz?
- Barchani qiyin o'yin va g'alaba bilan tabriklayman. To'g'risi, hech bir uchrashuv oson kechayotgani yo'q. "Surxon" jamoasining oxirgi o'yinlarini ko'rib o'rganib chiqqanimizda yetakchilar bilan yaxshi qarshilik ko'rsatgani guvohi bo'ldik. "Paxtakor"dan ochko tortib oldi. Namanganda "Navbahor" ham qiyin g'alabaga erishdi. Jamoa asosan yoshlardan iborat, lekin bu ularning kuchsiz ekanini anglatmaydi.
Baribir yoshlarda shijoat ko'p va yuqori xohish bilan harakat qilyapti. Bugun "Surxon" bizga oxirigacha kurash taklif qildi. Shunaqa o'yinlar ham bo'lib turadi. Afsuski, ko'p hollarda xatoga yo'o'l qo'ydik. Bahsni yomon boshlamadik, birinchi taymda 2:0 hisobida oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo'limda xatolarga yo'l qo'ydik, qaysidir vaziyatda raqib ustunlik qilishga o'ta boshladi. Bundan yuqori bosim kelib chiqdi. Bugun o'zimiz xohlagan o'yinni namoyish qila olmadik.
- Uchrashuv oxirlarida besh nafar himoyachi bilan o'ynash keyingi bahsga tayyorgarlikmidi?
- Yo'q, bu tayyorgarlik emasdi. Abror Ismoilovda charchoq alomati kuzatilgach, uni almashtirdik. Zaxiramizda Muhsin Ubaydullaev bilan Anvar G'ofurov qolgandi. Biz vaziyatdan kelib chiqib Anvar G'ofurovni tushirdik, chunki unga ham asta-sekinlik bilan o'yin amaliyoti berib formasini tiklab olishimiz kerak.
- Elit OCHL oldidan jamoaga ikki nafar braziliyalik futbolchi qo'shildi. Ular qanchalik qo'shilib keta oldi?
- Bu futbolchilar mavsum tugaganidan so'ng o'zlari alohida shug'ullangan. Butun murabbiylar shtabi bilan maksimal darajada harakat qilyapmiz. Ularning tezroq jamoaga qo'shilishib ketishi hamda o'yin tonusiini oshirish maqsadida bor kuchni beramiz. Bu borada rejalar tuzilgan. Lekin bu ular uchun joy kafolatgan degani emas. Har bir futbolchi raqobat uchun kurash olib boradi. Raqobatda kim yutib chiqsa, shu maydonda o'ynaydi.
- Yovovichning jarohati haqida.
- Hozircha qo'limizda aniq tashhis yo'q. O'zining aytishiga ko'ra, muskul tortilishi bo'lgan. Shifokorlar qayta tekshiruvdan o'tkazib, aniq bo'lgach shunga qarab ish tutamiz.
- Maydon sifati o'yinga ta’sir qildimi?
- Ikaala jamoa ham shu maydonda o'ynadi. Shu bois maydonni bahona qilishga haqqimiz yo'q. To'g'ri, maydon qancha sifatli bo'lsa, o'yin sifati ham shunga yarasha yuqori bo'ladi.



