Kamoliddin Tojiev Islom Ismoilovni otasi bilan solishtirdi

Оқил Абдубарноев
30 avg 2026, 14:28
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev "Neftchi" ustozi Islom Ismoilovni otasi, sobiq murabbiy Murod Ismoilov bilan taqqosladi.

"Murod aka klubda ishlagan payt biz futbolchi edik. Hozir esa murabbiylik qilyapman. Baribir qaysidir tomonlarida o'xshashlik bor. Islom yangi avlod murabbiyi, yangiliklar kirityapti. Ularning uslublari bir-biridan farq qiladi deb o'ylayman", dedi 43 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Murod Ismoilov "Paxtakor"da Ravshan Haydarovga yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan davrda Kamoliddin Tojiev klubda futbolchi sifatida o'ynagan. Keyinchalik ular turli jamoalarda ham o'zaro to'qnash kelgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia