

- O'yin haqida fikringiz?
- Qaerga kelishimiz va kim bilan bahs olib borishimizni bilardik. Bungacha "Neftchi" o'tgan tur mag'lubiyatga uchragandi va bizga qarshi katta kuch bilan harakat qilishini bilardik.
Baribir tajriba o'z so'zini aytib raqib g'alaba qozondi. Futbolchilarimiz o'yinidan qoniqdim. To'g'ri, xatolar bor, keyingi o'yinlarda to'g'rilashga harakat qilamiz. Shuningdek, ko'proq vaziyat yaratishga, imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qilamiz.
Mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, uchrashuvdan so'ng yigitlarga o'yin uchun rahmat aytdim. Ishlashda davom etamiz. Shuncha yo'l bosib kelgani uchun "Surxon" muxlislariga katta rahmat deb qolaman. Keyingi o'yinlarda ishqibozlarimizni xursand qilamiz deb o'ylayman.



