

Uchrashuv "Rayko Mitich" stadionida (Belgrad, Serbiya) bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida Shimon Marcinyak (Plock, Polsha) ishladi. Uchrashuvda 2:1 hisobida mehmonlar g'alaba qozonishdi.
O'yindagi ilk golni 30-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Meks Merdink kiritdi. 46-daqiqada serblar forvardi Luka Yovich hisobni tenglashtirdi. 69-daqiqada Meks Merdink dubl qayd etib, yakuniy hisobni o'rnatdi - 2:1.
Serbiya - Niderlandiya 1:2
Gollar: Yovich 46 - Merdink 30 (pen.), 69.
Guruh bosqichining 1-turida Serbiya Gretsiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi, Niderlandiya esa Germaniya bilan durang o'ynagandi - 1:1.



