

Bu haqda "Sky Sport Italia" ma'lum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, 43 yoshli ispaniyalik mutaxassis Massimiliano Allegri ishdan bo'shatilganidan keyin "Milan" murabbiyi lavozimini egallash uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Iraola ilgari "Bornmut"dan ketish niyatini bildirgandi.
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri, "Yuventus"ning sobiq murabbiyi Tiago Motta va "Bolonya" ustozi Vinchenco Italyano ham nomzodlar qatorida.
Iraola "Bornmut"da 2023 yilning iyulidan beri ishlaydi. Uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Jamoa ispaniyalik murabbiy qo'l ostida 127 o'yindan 48 tasida g'alaba qozongan, 38 tasida durang o'ynagan va 41 tasida mag'lub bo'lgan.
"Bornmut" 2025/26 yilgi mavsum Premer-liga turnir jadvalida 6-o'rinni egalladi.



