Infantino FIFA zaxiralaridan federatsiya a'zolariga ko'proq mablag' ajratishga tayyorligini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2026, 17:15
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino tashkilotning 5,13 milliard evroga baholanayotgan zaxirasidan a'zolar o'rtasida yanada kattaroq miqdorda mablag' taqsimlanishi mumkinligini bildirdi.

Manbaning xabar berishicha, 6 ta qita konfederatsiyasiga maktub yo'llangan bo'lib, unda FIFA prezidenti "mas'uliyat bilan ajratilishi mumkin bo'lgan eng yuqori darajadagi qo'shimcha moliyalashtirish"ni qo'llab-quvvatlashini yozgan. Maktub dushanba, 28 sentyabr kuni yuborilgan.

Ushbu maktub UEFA hamda KONKAKAF - Yevropa va Shimoliy, Markaziy Amerika hamda Karib havzasi konfederatsiyalari - FIFAdan o'z zaxiralari hisobidan barcha 211 ta a'zoga qariyb 9 million evrodan to'lab berishni talab qilganidan so'ng paydo bo'ldi.

Mazkur taklif 15 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan FIFA kengashi yig'ilishida ko'rib chiqiladi.

Avvalroq FIFA prezidenti tez orada Toshkentga kelishi haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC