"Milan" yillik daromadi va zararini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2026, 16:25
"Milan" direktorlar kengashi 2025/26 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotni tasdiqladi.

Klub daromadi 464,6 million evroni tashkil etdi, bu 2024/25 yilgi mavsumdagi rekord ko'rsatkichdan 6 foizga kam.

Pasayish "Milan"ning evrokuboklarda ishtirok etmagani bilan bog'liq. Shunga qaramay, tijorat yo'nalishi rekord natijalarni qayd etdi: homiylardan tushgan daromad klub tarixida ilk bor 100 million evrodan oshdi, o'yinlarga o'rtacha tashrif buyuruvchilar soni esa ketma-ket ikkinchi mavsum A Seriyada eng yaxshisi bo'ldi - har bir o'yinga 72 mingdan ortiq muxlis.

“Brand Finance” ma'lumotlariga ko'ra, "Milan" brendining qiymati rekord darajadagi 514 million evroga etdi, bu bir yil oldingiga nisbatan 28 foizga ko'p. Klub 2021 yildan buyon dunyodagi eng tez rivojlanayotgan futbol brendi sifatida etirof etilmoqda.

Sof zarar qariyb 24 million evroni tashkil etdi, klub buni evrokuboklarda ishtirok etmaslik ortidan kelib chiqqan vaqtinchalik omil bilan izohlamoqda. Sof qarz investiciya dasturi va rivojlanish loyihalarini amalga oshirish sababli 145,3 million evrogacha oshdi (bir yil oldin 92 million evro bo'lgan). O'z kapitali esa 176,4 million evroni tashkil etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Brand Finance