

Manbaga ko'ra, hakam tibbiy yordam ko'rsatilganidan so'ng 35 yoshli belgiyalikdan maydonni tark etishni talab qilgan, futbolchi esa bunga his-hayajon bilan munosabat bildirgan - hakam shaniga keskin so'zlar aytib, uni itarib yuborgan.
Yangi qoidaga binoan, tibbiy yordam ko'rsatilgan futbolchi o'yinga qaytishidan oldin maydon tashqarisida 1 daqiqa qolishi shart.
De Bryuyne milliy terma jamoa safida 126 ta o'yinda ishtirok etgan. Uning hisobida 38 ta gol bor.
Belgiya terma jamoasi (2 o'yindan so'ng 3 ochko) Millatlar Ligasi "A" divizioni 1-guruhi turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.



