Buyuk Britaniya parlamenti a'zosi "Manchester Siti"ni APLdan chetlatishga chaqirdi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2026, 18:00
Buyuk Britaniya parlamenti a'zosi Jeremi Korbin klub APL moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilganidan so'ng "Manchester Siti" jiddiy jazoga tortilishi kerakligini ma'lum qildi.

"Bu misli ko'rilmagan qaror bo'lib, u jiddiy oqibatlarni talab etadi. Bu oqibatlar klubning ligadan tushib ketishiga muqarrar sabab bo'ladigan darajada salmoqli miqdordagi ochkolardan mahrum etishni ichiga olishi lozim. Shuningdek, barcha mablag'lari ommaviy futbolni rivojlantirishga yo'naltiriladigan katta jarima solinishi kerak.

Liga ularni sovrinlardan mahrum qilish masalasini ham jiddiy ko'rib chiqishi lozim. Agar ular o'z sovrinlarini nohalol yo'l bilan qo'lga kiritgan bo'lishsa, nima uchun ularni saqlab qolishlari kerak? Yodda tuting, ushbu qoidabuzarliklar ortida boshqa klublar va muxlislar faxrlanishi kerak bo'lgan behisob kuboklar va titullar yashiringan", – deya Korbinning so'zlarini keltiradi “The Standard”.

2.jpg

25 sentyabr kuni mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni Premer-liga moliyaviy qoidalarini buzish bo'yicha 115 ta banddan 114 tasida aybdor deb topdi. Shu bilan birga, aniq sankciyalar hozircha tasdiqlanmagan. Klub apellyaciya berishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Standard