FIFA yangi musobaqa tasis etishi mumkin: Himolay Kubogi loyihasi

Sherzod Nurmatov
22 okt 2026, 18:00
FIFA prezidenti Janni Infantinoning Butan qirolligiga amalga oshirgan tashrifi doirasida mintaqada futbolni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan muhim muzokaralar bo'lib o'tdi.

Ushbu muloqotlar yakunida tashkilot yangi hududiy turnir - FIFA Himalaya Cup (Himolay Kubogi)ni tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Musobaqaning maqsadi va formati qanday bo'ladi?

Loyiha asosan Janubiy Osiyoning tog'li va futbol bo'yicha nisbatan kam rivojlangan mamlakatlari uchun doimiy o'yin amaliyotini yaratishga qaratilgan.

4.jpg

FIFA rahbariyati ushbu tashabbus orqali mahalliy federatsiyalarga moliyaviy ko'mak ajratish, yangi stadionlar va akademiyalar barpo etish hamda qita miqyosida autsayder sanaladigan terma jamoalarning raqobatbardoshligini oshirishni ko'zlamoqda.

Himolay Kubogi mintaqaviy futbolni o'zgartira oladimi?

Osiyo futbol konfederatsiyasida (OFK) markaziy va janubiy mintaqalar o'rtasidagi saviya farqi kattaligi bois Butan va Nepal kabi termalar yirik saralash bahslarida kamdan-kam hollarda uzoqqa boradi. Himolay Kubogining joriy etilishi ushbu mamlakatlar uchun har yili yoki ikki yilda bir marta muntazam xalqaro o'yinlar va muxlislar qiziqishini olib kelishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ASEAN FOOTBALL