Infantino UEFA bilan munosabatlar haqida: "Afsuski, har doim hammaga birdek yoqishning iloji yo'q"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 14:50
FIFA prezidenti Janni Infantino Yevropa futboli rahbarlari bilan kelishmovchiliklarni muhokama qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

"Men barcha bilan muloqot qilishga tayyor ekanligimni doimo ta'kidlab kelganman: qalbim va ongim ochiq, har bir insonni tinglashga va barcha uchun nimani yaxshiroq qilish mumkinligini muhokama qilishga tayyorman.

Ma'lum bir tartib-qoidalar, jumladan, demokratik tamoyillar mavjudligini tushunish kerak, shuningdek, har doim va hamma joyda hammaga birdek yoqishning iloji yo'q. Afsuski, men buni juda xohlardim va barcha imkoniyatlarni ishga solishga harakat qilyapman. FIFAdagi barchamiz shunga intilamiz.

Agar turli qarashlar va fikrlar mavjud bo'lsa, biz ularni muhokama qila olishimiz, muloqotga kirishishimiz va bir-birimizning poziciyamizni tushunishimiz lozim. Ehtimol, bazida bizga aynan mana shu narsa - muloqot, munozaralar va ochiq fikr almashish madaniyati, shuningdek, bir-birimizning fikrimizga qo'shilmaslikni qabul qila olish qobiliyati yetishmayotgandir.

Kelishmovchiliklarda hech qanday yomon narsa yo'q. Biz har kuni dunyoning ko'plab mamlakatlarida buni ko'rib turibmiz. Turli xil nuqtayi nazarga ega bo'lish va bir-birining fikriga qo'shilmaslik - bu tabiiy holat. Eng muhimi - oldinga harakat qilishda davom eta olish", - dedi Infantino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic