

"Birinchi taymda yaxshi o'ynadik. Bo'shashganimizdan keyin 10 daqiqada 2 ta gol o'tkazib yubordik. O'yin so'ngida juda asabiylik kuzatildi. Lekin yaxshiki, yigitlar o'zlariga kelib olishdi va uchrashuv oxirida natijani mustahkamladik. Birinchi taymni zo'r o'tkazdik, ikkinchisida ancha bo'shashdik.
3:0 dan keyin diqqat-e'tiborni yo'qotish oqibatida gollar o'tkazdik. "Bunyodkor" hujumchilari imkoniyatlardan unumli foydalanib kyetishdi.
Men qancha yildan beri o'ynayotgan bo'lsam, agar siz o'zingizni o'ylab o'ynasangiz, hech narsa o'xshamaydi. Jamoa uchun jon kuydirib o'ynasangiz, hammasi o'z-o'zidan yaxshi kechadi va gollar ham urasiz. "Bunyodkor" vakillari meni yaxshi himoya qildi. Jamoaviy o'yinni qurish uchun maydonda mehnat qildim. Muhimi, g'alaba qozondik. Men gol ursam-u, jamoa yutqazganida, xursandchilik ko'ngilga sig'masdi. Men gol ursam va jamoa ham yutsa, bu zo'r", – dedi Sergeev.




