Bahrom Haydarov: "Bunyodkor"da ichki vaziyat og'ir, ertangi derbida "Paxtakor" g'alaba qozonsa kerak"

Iskandarov Abdulaziz
25 iyul 2026, 18:59
Ertadan Superliganing 14-tur uchrashuvlari boshlanadi.

Kun doirasidan "Bunyodkor" - "Paxtakor" Toshkent derbisi o'rin olgan. Mazkur bellashuv oldidan "Qo'qon-1912", "Surxon", "Neftchi" sobiq murabbiyi Bahrom Haydarov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tanaffusdan so'ng jamoalar yaxshi taassurot qoldirmoqda. Oradagi uzoq vaqtli to'xtalishda bekor o'tirishmagani ko'rinib turibdi. Har bir jamoa juda qiziq va yaxshi tempdagi o'yinlarni ko'ryapmiz.

Bugun bo'lib o'tadigan Toshkent derbisiga to'xtaladigan bo'lsak. "Bunyodkor" jamoasida ichki vaziyat juda og'irligi ko'rinib turibdi. Bu ta’sir qilmay qolmaydi.

Fikrimcha, bu bahsda "Paxtakor" g'alabani o'ziniki qiladi degan taxmindaman",- deydi Bahrom Haydarov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia