

Manbaga ko'ra, shu yozda "Shalke"ni erkin agent sifatida tark etgan 40 yoshli hujumchi nemis klubida yana bir mavsum qoladi. Jeko A Seriya va MLS takliflarini rad etdi.
Hujumchi 2026 yilning 22 yanvarida "Fiorentina" bilan shartnomasi tugaganidan so'ng "Shalke"ga qo'shilgan. Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum 29 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt futbolchining narxini 1 million evroga baholamoqda.
"Shalke" 2025/26-yilgi mavsumda 70 ochko jamg'arib, Bundesliga 2 turnir jadvalida birinchi o'rinni egalladi va Germaniya chempionatining yuqori divizioniga qaytdi.



