

O'mon terma jamoasi futbolchining goldan keyin futbolkasini echib nishonlagani sababli pley-off yo'llanmasidan mahrum bo'lish xavfi ostida qoldi.
Turnirda 4 tadan jamoa ishtirok etgan ikki guruh bor va har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa yarim finalga chiqadi. "A" guruhining so'nggi turida Saudiya Arabistoni Iroqni 2:0 hisobida mag'lub etib, birinchi o'rinni egalladi. Parallel uchrashuvda esa O'mon Kuvayt ustidan 3:1 hisobida irodali g'alabaga erishdi.
O'monliklar to'g'ridan-to'g'ri yarim finalga chiqishi mumkin edi. Biroq jamoa himoyachisi Musab Al-Shaksiy so'nggi golni nishonlash vaqtida futbolkasini echib yubordi va sariq kartochka oldi.
Natijada O'mon va Iroq ochkolar, urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar, hatto olingan kartochkalar soni bo'yicha ham mutlaqo teng ko'rsatkich qayd etdi.

Oradan bir necha soat o'tib, Jidda shahrida pley-off yo'llanmasini aniqlash uchun qur'a tashlandi. Qur'a O'mon foydasiga hal bo'ldi - endi jamoa pley-off bosqichida ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, XXI asrda yirik musobaqalarda bunday holatga hali duch kelinmagan. Qur'aga eng yaqin holat 2018 yilgi Jahon chempionatida Yaponiya va Senegal o'rtasida yuzaga kelgan, ammo o'sha paytda jamoalarning sariq kartochkalari sonidagi farq g'olibni aniqlash uchun etarli bo'lgan.



