

Amerikalik futbolchi yangi murabbiy bilan ishlash jarayoni ijobiy kechayotganini ta'kidladi.
"Hozir men uchun hammasi juda ijobiy kechmoqda. Jamoa sifatida juda yaxshi ishlayapmiz. So'nggi o'yin - “Lechche”ga qarshi 3:0 hisobidagi g'alaba - ham juda yaxshi o'tdi. Amorim bilan munosabatlarimiz ajoyib, barchasi juda ijobiy.
Hozir “Milan”da o'zimni juda baxtli his qilyapman va yaqin kelajakda ham shunday bo'lishiga ishonaman.
Ayni paytda shartnomani uzaytirish haqida doimiy ravishda o'ylayotganim yo'q. Ammo bu yerda juda baxtliman va “Milan”da o'ynashda davom etishni xohlayman", - dedi Pulishich.
Pulishichning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



